Yangiliklar >> Ranglar jilosi

Pedagog bolaning murg’ak qalbiga ezgulik urug’ini qadaydigan ilmga tashnalik ota-ona va Vatanga mehr hissini uyg’otadigan inson. Xalqimiz o’qituvchini millat tarbiyachisi , yosh avlod bog’boni deb bejiz aytmaydi. Shuning uchun ham har bir pedagog o’ziga nisbatan qat’iy talabchan , o’quvchiga nisbatan bag’rikeng, mehrli bo’lishi, o’z ustida ko’proq ishlashi lozim. Har bir o’qituvchidan bolalarga chuqur bilim berish, kelajakda vatanparvar , xalqsevar, har tomonlama komil insonlarni tarbiyalash talab etiladi. Shunday ekan biz tinmay izlanishimiz , o’qib o’rganishimiz va o’rgatishimiz kerak.

 Uslub o’rganish ham o’qituvchining faoliyatida katta o’rin tutadi. O’zaro uslub almashish maqsadidaestetik fanlar oyligi munosabati bilan 2017-yil 28 aprel kuni Zarafshon shahar 2-umumiy o’rtata’lim maktabida “Ranglar jilosi” mavzusida shahar seminari o’tkazildi. Seminarda tasviriy san’at o’qituvchilari BoymurodovaShahlo 2”V” sinaida “Uch jo’ja va o’rdakcha shaklini yasash” mavzusida,Jabborova lobar 8-‘G’ sinfida “Aksonometrik proeksiyalar bo’yicha amaliy mashg’ulot” mavzusida ochiq dars o’tdilar.

Oqituvchilar o’z darslarida noan’anaviy dars usullaridan foydalanib, o’quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlikruhida tarbiyalashni, mustaqil fikrlashga o’rgatishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. Ularni har biri darsni vaqtdan unumli foydalangan holda darsni to’g’ri tashkil etdilar. Darslarini internetdan olingan yangi ma’lumot va rasmlar yanada boyitib bordi.

Seminar so’ngida tasviriy san’at o’qituvchilari Nazarova Dildora va Botirova Nigora tomonidan tashkil etilgan “Ranglar jilosi” mavzusidagi tadbir namoyish etildi. Tadbirda o’quvchilar ranglar, buyuk rassomlar ijodi, yaratgan asarlarining mazmun mohiyati bilan tanishtirdilar. Yilning nomlanishi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi. Tadbirdagi “Ohangrabo” to’garagi a’zolarining ijrosidagi raqs va qo’shiqlari tomoshabinlar ko’nglini xushnud etdi. Tadbir so’ngida tasviriy san’at fani bo’yicha shahar uslubchisi Gulsara Bo’ronovaga berildi. G.Bo’ronova o’tilgan ochiq darslar, tadir haqidagi fikr mulohazalari, takliflari bilan o’rtoqlashdi.O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Shahlo Omonova maqsadimiz g’ururli, vatanparvar, insonparvar, jasur va bilimli o’quvchilarni tarbiyalash ekanligini aytib, kelgan mehmonlar bilan xayrlashdi.

               

Uslubbirlashma rahbari: Ochilova S. N.

                                 O`TIBDO`:   Tuydjanova M.Yu