Yangiliklar >> San’atim –saodatim

Pedagog bolaning murg’ak qalbiga ezgulik urug’ini qadaydigan ilmga tashnalik , ota-ona va Vatanga mehr hissini uyg’otadigan inson. Xalqimiz o’qituvchini millat tarbiyachisi , yosh avlod bog’boni deb bejiz aytmaydi. Shuning uchun ham har bir pedagog o’ziga nisbatan qat’iy talabchan , o’quvchiga nisbatan bag’rikeng, mehrli bo’lishi, o’z ustida ko’proq ishlashi lozim.

2015-yil 10-dekabr kuni 2- umumiy o’rta ta’lim maktabida uslub almashish , o’rganish va o’rgatish madsadida  ”Musiqa darslarini o’qitishda mediaresurslardan foydalanish” mavzusidagi shahar seminari bo’lib o’tdi. Smenarga shahardagi barcha maktablarning musiqa fani o’qituvchilari taklif etildi. Maktabning musiqa fani o’qituvchisi Rayimqulova Nelli Baxtiyarovna “Qozoq va qirg’iz xalqlarining mumtoz musiqalari” mavzusida ochiq dars o’tdi . Nelli Baxtiyarovna darsida o’quvchilarga ma’naviy – axloqiy, estetik, ekologik, vatanparvarlik tarbiyalarini berishni, qardosh xalqlar mumtoz musiqasini o’rgatishni maqsad qilib oldi . Darsda tarqatma materiallar, audio CD disk yozuvlar, AKT, fortepiano cholg’u asbobi, nota yozuvlari testlaridan foydalanib, darsni DTS talabiga mos tashkil etdi. Darsdan so’ng Nelli Baxtiyarovna shogirdi yosh mutaxassis Fotima bilan birgalikda tashkil etgan “San’atim- saodatim” mavzusidagi musiqiy tadbirini namoyish etdi. Tadbirni maktab direktori Tuydjanova Matluba Yo’ldoshovna ochib berdi. Matluba Yo’ldoshovna smenar ayni davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligi nishonlanayotgan kuni o’tayotganligini aytib , hammani bayram bilan tabrikladi va kelgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda vatan, ona, maktab, keksalarni e’zozlash haqidagi she’rlar, qo’shiqlar aytildi, sho’x raqslar ijro etidi. Bu kuy-qo’shiqlar barchani qalbiga iliqlik, Vataniga nisbatan mehr hissini ilhomlantirdi.

Tadbir so’ngida tashrif buyurgan mehmonlar ochiq dars va tadbir haqidagi o’z fikr, mulohazalarini bildirishdi.

   Nelli Baxtiyarovna maqsadi o’z shogirdlarini aqlli, odobli, sog’lom, mehnatsevar, milli g’ururli, vatanparvar, insonparvar, jasur va bilimli qilib tarbiyalash ekanligini aytib mehmonlar bilan xayrlashdi.

 

 

Estetik fanlar uslubbirlashmasi rahbari

Ochilova Saboat Ne’matovna