Yangiliklar >> Seshanba - “Sport va sog’lomlashtirish” kuni.

  Yosh avlodni har tomonlama barkamol va sog’lom bo’lib voyaga yetkazish maqsadida barcha umumta’lim maktablarida har haftaning Seshanba - “Sport va sog’lomlashtirish” kuni deb e’lon qilingan.

    Shu munosabat bilan 2-umumta’lim maktabining  3- sinf o’quvchilari o’rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada jami 30 nafar o’quvchi  ishtirok etdi. Jamoalar 5 ta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar. Musobaqaga maktabimizning tajribali o’qituvchisi Ortiqov Z.S. hakamlik qildi. G’oliblik uchun kurash juda qizg’in va qiziqarli kechdi. Musobaqa natijalariga ko’ra, 3-“A” “Epchillar” jamoasi faxrli I - o’rinni, 3-“B” “Chaqqonlar” va 3-“V”, “Quvnoqlar” jamoalari II-o’rinni qo’lga kiritdilar.

  G’olib jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari.

Ravshanova N, Islomova