Yangiliklar >> Shum bolaning sarguzashtlari.

         Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida “Prezident archasi” tadbirini mazmunli tashkil etish maqsadida “Shum bolaning sarguzashtlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbirda  7-8-9-sinf o‘quvchilari tomonidan “Shum bolaning sarguzashtlari” nomli ertak namoish etildi. Ertakda Shum bola, boy ota, tarvuzvoy, jin, yalmog‘iz kampir, Masha, maymoqvoy, qorbobo va qorqiz kabi qahramonlar ishtirok etishdi. Qahramonlarning turli xil musiqali chiqishlari bayram tadbiri shukuhini yanada ko‘tardi. Ayniqsa, Masha va Maymoqvoyning davrada bolajonlar bilan birga raqsga tushishi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Matematika o`qituvchisi: Davlyatova .X.S