Yangiliklar >> Sog’lom farzand-yurt tayanchi

Bolalarning jarangdor kulgisi, quvnoq ko’zlarida dunyo go’zalligi, hayotning sehr-u jozibasi mujassam. Bola qalbidek beg’ubor, mehr-muhabbatga tashna tilsimot bo’lmasa kerak dunyoda. Bolaga g’amxo’rlik qilish, himoya qilish nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning vazifasidir. Bolalik inson umrining eng baxtiyor, betakror damlari hisoblanadi. 1-uyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquq va manfaatlarini demokratik asosda ta’minlashga, ularga baxtli damlar hadya etishga bag’ishlangan bayramdir.Shu kuni faqat bolalarning quvonchli bayrami bo’lib qolmasdan, keng jamoatchilikka bola hayoti va farovonligi uchun mas;ulligini tushunadigan kun hamdir. Biz kattalar bolajonlarning yuzlarida quvonch, qalblarida mehr, lablarida jarangdor kulgi hadya etuvchilarmiz.

  O’lkamizda bolajonlarning sevimli fasli-yoz fayzli o’tmoqda. Bu ajoyib fasl ularning qalbiga olam-olam quvonch, unutilmas lahzalarni baxsh etmoqda. Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishini ta’minlashda ota-ona bilan birgalikda maktab o’qituvchilarining ham o’rni beqiyosdir. Yosh avlod ma;naviyatini yuksaltirish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash, mehnatga ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,  kasbga yo’naltirish va yozgi ta’tilni mazmunli, maroqli o;tkazishlarini ta’minlash maqsadida maktabimizda ta’til davomida turli mashg’ulotlar, tadbirlar, quvnoq musobaqa va tanlovlar tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, “2016-yil-sog’lom ona va bola yili” davlat dasturining maktab rejasiga asosan, yurtimizning barcha  jabhalarida keng nishonlangan “1-uyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlab maktabimizda turli qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.Tosheva rahbarlik qilayotgan “Oz qo’limiz bilan” to’garagining a’zolari ishtirokida “Jajji iste’dodlarni aniqlaymiz” nomli ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan boshlang’ich sinf o’quvchilari 4ta shrt bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etdilar. 1-shrtiga asosan, har bir ishtirokchi o’zi kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasbiga ta’rif berdi. 2-shart “Applikatsiya” sharti. Bu shartda ishtirokchilar mehnat ta’limi darslari davomida olgan bilim va tushunchalarini ichga solib, mevalar, raketa, qushlar applikatsiyasini yasadilar. 3-shart-tugma qadash shartida o’g’il bolalar ham qizlardan qolishmagan holda o’z hunarlarini mamoyish etdilar. 4-shart erkin mavzu shartida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan chiroyli she’r, qo’shiq va raqslar o’tirganlarni ham beixtiyor davraga chorladi. Bolajonlarning har bir chiqishlari o’qituvchilar jamoasidan tuzilgan hakamlar hayati tomonidan baholab borildi. Ishtirokchilarga “Eng iste’dodli o’quvchi”, “Eng iqtidorli o’quvchi”, “Eng mahoratli o’quvchi”, “Eng faol o’quvchi” nominatsiyalari berildi. Tadbir oxirida maktabning o’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.S.Iskandarova so’zga сhiqib, bolajonlarni bugungi quvonchli bayram bilan tabriklab, ularga barcha yaxsi tilaklar hamroh bo’lishini tiladilar. Ko’rik-tanlovda ishtirok etgan o’quvchilarga maktab ma’muriyati tomonidan sovg’alar ulashildi.   

   


                                                                            
                                                                                        Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.F.Tosheva