Yangiliklar >> "Til barhayot ekan yashaydi millat"

24 oktyabr kuni 21-oktyabr - "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan maktabimizning 7-‘’b’’sinf o`quvchilari bilan "Til barhayot ekan yashaydi millat" mavzusida adabiy-badiiy kecha o`tkazildi. Kechaga o`qituvchi va o`quvchilar qatnashdi. Tadbirni maktab direktori A.S.Iskandarova kirish so`zi bilan ochib, til millatning o`zligini namoyyon qiluvchi asosiy vositalardan biri, milliy madaniyatning ulkan yutug`i ekanligini, u millatga ma'naviy kuch-kuvvat, faxr-iftixor bag`ishlashini ta'kidladi. Tadbirda o`quvchilar o`zbek tiliga oid bilimini namoiysh qildi. Jumladan, Davlat tili to`g`risida aytgan sh'er, maqollari, Umrzoqov Diyorbek va Po`latov Nurbek ijrosidagi sahna ko`rinishi, o`quvchilar ijrosida kuylangan qo`shiq va raqslar kechaga yanada fayz kiritdi.   Farzandlarimizni qanchalik ma'rifatli, iymon-e'tiqodli, ona tilimizga mehr-muxabbatli ruhda tarbiyalasak, ular shunchalik insonni qadrlaydi, o`zligini yaxshi anglaydi, yurtini va tilini sevadi.
          

Kutubxona mudiri: Karbayeva A T.