Yangiliklar >> Til – millat ko‘zgusi.

Til – millat ko‘zgusi. Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi istiqlolga erishish yo‘lidagi asosiy qadamlardan biri bo‘lgan edi. Yurtimiz mustaqil bo‘lgach, ona tilimiz o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘ldi.

        Bugunga kelib o‘zbek tilimiz xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Xalqaro anjumanlarda o‘zbekona kalomning aytilishi, chet eldagi ta’lim dargohlarida o‘zbek tilini o‘rganish markazlarining borligi tilimizning nufuzi oshib borayotganligidan dalolatdir.

          Bu  yil o’zbek  tiliga  davlat tili  maqomi  berilganligining 31 yilligi  keng  nishonlanyapti. Barcha  maktab, tashkilotlarda ona tilimiz jarangini  o’quvchi yoshlarimiz kuylab kelmoqdalar.

      Zarafshon shahar  2-umumta’lim  maktabining 8-“G”sinf o’quvchilari   “Davlat  tili”ning  31 yilligi  munosabati  bilan “Muqaddasim,munavva- rim - ona tilim” mavzusida tadbir o’tkazdilar.Tadbirda ona tili haqidagi  she’r, hikmatli so’zlardan namunalar keltirildi  va qiziqarli  savol-javoblar o’tkazildi. Tadbir ishtirokchilari  xursand bo’ldilar.
                                                                                   Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi   Fozilova M.M.