Yangiliklar >> “Umid nihollari -2016” II-bosqish sport musobaqalari.

      O’g’il qizlarning sog’lom va ma’nan yetuk insonlar bo’lib voyaga yetishishida sport muhim vositalardan biri ekani hech kimga sir emas.Mamlakatimizda sportning  rivojlanishiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan barcha zarur sharoitlar va imkoniyatlar o’g’il-qizlar o’rtasida sport turlarining ommalashishida,ularni sog’lom turmush tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

   Prezidentimiz g’oyasi va tashabbusi bilan joriy qilingan uch bosqichli  sport musobaqalari bugungi kunda mamlakatimizning millionlab o’quvchi-yoshlarini  o’ziga qamrab olmoqda, shu jumladan bizning Zarafshon shahar  XTMFMTTEB ga qarashli  umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 1324 nafar o’g’il-qizlar engil atletika, futbol, basketbol, qol to’pi, stol tennisi, badminton, dzyu-do, shaxmat, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, milliy kurash va belbog’li kurash  bo’yicha musobaqalarda g’oliblik uchun bellashdilar.

  Musobaqalar asosan o’quvchi-yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish  maqsadida ishlab chiqilgan reja asosida  kuzgi va  qishki ta’tillar  vaqtida  o’tkazildi.

   Musobaqalarni  yakuniy  natijasiga ko’ra quyidagi maktab jamoalari g’olib va sovrindorlar safidan joy oldi:

             I-o’rin: -  2-maktab jamoasi

             II-o’rin: -12  -maktab jamoasi

             III-o’rin: -13  -maktab jamoasi

    2-maktab jamoasiga Zarafshon shahar “Yoshlik” JTSJ raisi A.Eshmurodov, Zarafshon shahar XTMFMTTEB mudiri Z.A.Bahranova tomonidan birinchi darajali diplom hamda musobaqaning bosh sovrini  “Ko’chma” kubok ham topshirildi.

    O’tkazilgan musobaqalarda g’olib chiqqan jamoalar musobaqalarni III viloyat bosqichida shahrimiz sharafini himoya qilishga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

                  

Zarafshon shahar 2- maktab

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Ortiqov Z. S.