Yangiliklar >> "UMID NIHOLLARI" dan umidimiz katta

   Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’tkazilayotgan "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o’yinlari yosh avlodni sportga keng jalb etish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, sog’lom turmush tarzini ommalashtirish,o’zlari qiziqqan mashg’ulotlarga yo’naltirish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va  jasurlik an’analarini munosib davom  ettirishda muhim  omil bo’lib xizmat qilmoqda.Bu musobaqalar har yili istedodli yosh sportchilarni kashf etishda, ularni katta sport sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, minglab yoshlarimiz uchun  o’ziga  xos mahorat maktabi vazifasini o’taydi.

    O’tgan yili "Umid nihollari" dasturidan joy olgan sportning yengil atletika, futbol, basketbol, qo’l to’pi, voleybol, stol tennisi, shaxmat, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va badminton kabi turlaridan o’tkazilgan sport musobaqalarida 2-maktab jamoasi yakuniy natijalar bo’yicha I o’rinni qo’lga kiritgan edi. Bu yil ham II bosqich shahar musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida  dastur asosida 1-4, 5-7, 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida reja asosida sport musobaqalari tashkil etildi va ko’rsatilgan natijalarga qarab o’g’il va qiz bolalar orasidan g’oliblar shahar bosqichida  maktab jamoasi sha’nini himoya qilish uchun saralab olindi.

     Bu yilgi "Umid nihollari" sport musobaqalarida qatnashuvchi yoshlarimizdan ham umidimiz katta.Ularni g’oliblik shohsupasiga chiqishi uchun  sport to’garaklariga alohida e’tibor berib tayyorgarlik mashg’ulotlari olib borilyapti.Ularni yuqori cho’qqilarni egallashi uchun imkoniyatlarimiz va salohiyatimiz yetarli.Maktabimizning tajribali ustozlar jamoasi bu yil ham shahar ko’chma kubogini qo’ldan chiqarmaslikni o’z oldilariga maqsad qilib quyganlar.

 


2-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi:  Narzieva D. Q.