Yangiliklar >> Vatanimiz posbonlari-osudadir osmonlari

Vatan himoyachisi bo`lish sharafli kasb. Davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan yuksak darajadagi e'tibor, g'amxo'rliklar fikrimiz dalilidir. Istiqlol yillarida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish yo`lida olib borilgan keng ko`lamli islohotlar tufayli sarhadlarimiz daxlsizligi, aholimizning tinch va osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo`lgan, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol -yaroq hamda harbiy texnika bilan ta'minlangan, yuksak qobiliyat va tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllandi. Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish hamda boshqarishning mutlaqo yangi tizimi vujudga keldi. Biz o`z kuch qudratimizga tayanib ota-bobolarimizning asriy armonlarini ro`yobga chiqarish o`zimiz istagan porloq kelajakni qurish, hech kimga qaram va tobe bo`lmaslik, istiqlolimizni, el-yurtimizni har qanday xaf -xatardan saqlash va bizga yovuz niyat bilan ko`z olaytiradiganlarga munosib zarba berish uchun milliy armiyamizni tashkil etdik. Faxrlansa arziydigan jihati shundaki, bugun har bir yigit harbiy bo`lishni, Vatanimiz osoyishtaligi yo`lidagi o`z burchini ado etishni istaydi. Tinchlik inson umri uchun eng aziz va ardog`li bo`lgan tushunchalardan biridir. Demak hayotimiz mazmuni, ko`nglimizdagi hotirjamlik, ertangi yorug` kunlarga intilish tinchlik tufaylidir. Tinchlik bu bitta yoki ikkita odamning baxti emas. Butun xalqining, insoniyatning saodati. Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi o`z orzu umidlari, oliy maqsadlari kafolati deb biladi.

  14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni". Bu kunning yildan -yilga tom ma'nodagi umumxalq bayramiga aylanib borayotganini eng ulug` va aziz ayyomimiz bo`lgan mustaqillik bayrami darajasida yuksak nishonlanayotgani buning yorqin dalilidir.

        Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabi huzuridagi Axborot-resurs markazining to`garak a'zolari hamda shu maktabning 9-sinf o`quvchilari ishtirokida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatanim posponlari- osudadir osmonlari" deb nomlangan bellashuv kechasi ARMda

tashkil etildi. Bellashuvni ARM rahbari G. F. Shukurova ochib berdi. Bellashuv kechasi 6 shart asosida o`tkazildi. Bellashuv kechasida ARMning "Yosh qiziquvchilar" to`garagi a'zolari "Qalqon"guruhida Toshtemirov Javoxir,Tellaev Amal,Po’latov Isoq,Jo’raqulov Lazizlar va "Yosh ijodkorlar"

to’garagi a'zolaridan ya'ni "Lochin"guruhidan Sayfiddinov Saloxiddin,Yo’ldoshev Jo’rabek,Umirov Obid,Rustamov Shaxbozlar ishtirok etishdi.Bellashuvda ARM foydalanuvchilaridan Nasimova Gulrux,Ibodullaev Ma'ruf,Vafoev Faxriddin ,Sa'dullaev Shoxrux,Sayfullaev Og’abek,Razzoqov Asadbeklar ham juda aktiv qatnashdi. Qatnashuvchilar qiziqarli savol-javoblar bilan birgalikda uy ro’zg’or ishlarida qanday mahoratga ega ekanliklari va qanchalik bilimdonliklarini namoyish etdilar. Bellashuvni Ravshanova Mahliyo va Nazimova Zarifalar o’zgacha bir mahorat bilan olib bordi. Bellashuvda Zarafshon shahar75/32 harbiy qism kichik serjanti Bo’ronov Sherali Murtazoevich va qismda o’z xizmat burchi muddatini o’tayotgan askar yigitlar ham taklif etildi.Bellashuvda har ikkala jamoa a'zolari aktiv qatnashib, do’stlik g’alaba qozondi.Kechada Vatanni madx etuvchi qo’shiqlar va she'rlar ijro etildi.Kechani tashkil etishda 2-umumta'lim maktab musiqa o’qituvchisi Mustafoeva Maxliyo bilan hamkorlik ishlari olib borildi .

        Bellashuvda qadimda ota-bobolarimiz farzandlar tarbiyasida vatanparvarlik xususiyatini shakllantirishga aloxida e'tibor qaratganlari tushuntirildi. Bu tadbirlar yoshlarimizni harbiy  kasbiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.