Yangiliklar >> Xotira-abadiy, qadr-muqaddas.

   Motamsaro onaning mahzun qiyofasi har birimizni hushyorlikka chorlaydi. Urush va qirg’inlarga yo’l qo’ymaslikka, bugungi yorug’ va dorilomon kunlarimizning qadriga yetib yashashga da ‘vat etadi .

                   Islom KARIMOV 

(Birinchi Prezidentimizning 1999-yil 9-maydagi Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’zidan)

  Shahrimizda yaqindagina qad ko`targan Motamsaro ona haykalini boshlang`ich sinf o`quvchilaridan bir guruhi o`qituvchilari hamda sinf ota-onalar qo`mitasi a`zosi Sharipova Nafisa opalar bilan birgalikda borib ko’rishdi. O`quvchilar” Motamsaro  ona”  haykali  poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

  Bu haykaldagi mahzun , yo’l qarab o`tirgan ona qiyofasi, uning egik qaddi, o’ychan nigohi o`quvchilarni chuqur o’ylarga toldirdi.. Ehtimol, Xotira maydonida bo’Iib, ota-bobolari ular haqida aytib bergan hamda darsliklarda o`qigan ikkinchi jahon urushida halok b`lgan, bedarak ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yodga olgandir. Ularga siz-u bizning bugun tinch-omon, baxtli, farovon yashashimiz uchun o’z jonlarini qurbon qilishganligini, beshafqat urushda, jang maydonlarida qurbon bo’lgan ota-bobolarimiz o’z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon berganliklari haqida eshitgan xotiralarini ustozlari aytib berishdi. Ha, lkkinchi jahon urushi million-millionlab odamlar halok bo’lishiga sabab bo’ldi. Mislsiz yo’qotishlar, talafot va musibatlar olib keldi. Bu urush insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg’in bo’lganini hech kim unutmaydi. Dunyodagi ko’plab xalqlar qatorida O`zbekistonliklar uchun ham fashizm ustidan qozonilgan g’alaba juda qimmatga tushgan. Aytaylik, o’sha paytda O’zbekistonda 6,5 million xalq yashagan bo’lsa, shuning 1,5 milliondan ko’prog’i urushda qatnashgan. Ya’ni yurtimizdagi barcha erkak, mardlarimiz qo’liga qurol olib, dushmanga qarshi chiqqan. Qariyb yarim million yurtdoshimiz shu urushda halok bo’lgani, qancha-qanchasi nogiron, mayib-majruh bo’lib qaytgani, qancha-qancha ayollar beva, bolalar yetim bo’lib qolganini yurtimizdagi har qaysi oila hali-beri esidan chiqarmaydi. Xalqimiz ayni shunday og’ir Vaziyatda kunni — kun, tunni — tun demay, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun, g’alaba uchun munosib hissa qo’shgan. Urush boshlanishi bilan front hududlaridan O’zbekistonga ko’chirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni el-yurtimiz qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ham ular bilan baham ko’rishgan. Buni, biz har yili 9-may arafasida telekanallarimiz orqali efirga beriladigan “Sen yetim emassan” filmi, ko’plab badiiy asarlar va she’rlar orqali yaxshi bilamiz. O’shanda o’zbek xalqining odamiyligi, mehmondo’stligi, bag’rikengligi va ma’naviy qadriyatlari, mehr-oqibat va oliyjanobligi yaqqol namoyon bo’lgan.
 Har yili mamlakatimizda 9-may Xotira va qadriash kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xotira-o`tganlarni eslatib turadigan, o’zlikni anglatadigan qadriyat. Qadr esa insonni ulug’laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun -mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. 
 Bugun dunyoning turli burchakiarida qirg’inbarot urushlar, vayronagarchilikiar yuz berayotgani, minglab oilalar tinch hayot iziab boshqa yurtlarga bosh olib ketayotgani haqida yaxshi xabardorsiz. O’sha joydagi insonlar hatto tinch uxlolmaydi, bir tishlam nonni xotirjam yutolmaydi. Shunday ekan, bugungi osuda va go’zal hayotimizning qadriga yetmay boladimi?! Axir tinchlik-omonlik, mo’l-ko’lchilik bo’lmasa, hatto qo’shninikiga chiqish yo bir sahifa kitob o’qish ham yurakka sig`maydi-ku. 
 Shukurki, mamlakatimizda tinchlik osoyishtalik, hamjihatlik va bag’rikenglik mustahkam qaror topgan. Kattalarga hurmat, kichikiarga izzat, mehr-oqibat tuyg’ulari odamlar qalbi-ongidan chuqur joy olgan. Shu bois bugun ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo’lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. 
Bu yil ham har yilgiday yurtimizda Xotira va qadriash kuni keng nishonlanib, lkkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga hurmat ko`rsatilib, bayram sovg`alari berilmoqda.

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 4-apreldagi ”Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori urush qatnashchilarini e`zozlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko`tardi.

  Bizning 2-umumiy o`rta ta`lim maskanimizda ham Vatanimiz ozodligi himoyachilariga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma`rifiy–badiiy kechalar o`tkazildi. Bayram kunlari bobo-buvilaridan, mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar holidan xabar olishlari, ularning og`rini yengil qilishga hissa qo`shishga chorlandi. 2-“B” sinf o`quvchilari 4-may kuni “Oltin vodiy” mahallasi 3-29-34 manzilida yashovchi Jo`rayev Isroil ota va 3-22-51 manzilida istiqomat qiluvchi “Mehnat faxriysi” Muhiddinov Kamol otalar xonadonida bo`lishdi. Ular katta hayot tajribasiga ega insonlar sifatida yoshlarni sog`lom va barkamol etib voyaga yetkazish, tinchlikni qadriga yetish, oilalar totuvligini ta`minlash , ma`naviy muhitni barqarorligini mustahkamlashda qimmatli maslahat va yo`l-yo`riqlarini ayamay ko`rsatib kelmoqda.

 Ezgulik unutilmasligi, siz ham bir kuni nuroniy bo`lganingizda yosh avlod sizga ham ana shunday yuksak hurmat-e`tabor ko`rsatishi haqida o`quvchilar ongiga singdirildi.

                

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mamatqulova Gulnora Absalimovna