Yangiliklar >> Yangi yilga yangi yutuqlar bilan

Yangi yilni har bir kishi yoshmi-qarimi, o`zicha rejalar va orzu-umidlar bilan qarshi oladi. Yangi yil arafasida erishilgan yutuq esa haqiqiy yangi yil sovg’asi bo’ladi. Joriy yil 23-dekabr kuni Navoiy shahrida o’tkazilgan “Eng yaxshi boshlang’ich sinf o’qituvchisi” tanlovida 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Habiba G’aybullayeva faxrli 1-o’rinni egallab qaytdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19-fevraldagi “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi to’g’risidagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog’lom bola yili” davlat dasturining 82-bandi, viloyat hokimining 2014 yil 4-martdagi Q-41-son Qarori bilan tasdiqlangan, “Sog’lom bola yili” viloyat dasturining 75-bandi, viloyat Xalq ta’limim boshqarmasining “Sog’lom bola yili” Dasturi 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda eng faol, ijodkor,iqtidorli o’qituvchilarni aniqlash, ularni ma’naviy va moddiy qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Eng yaxshi boshlang’ich sinf o’qituvchisi” ko’rik tanlovida Zarafshon shahar 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Habiba G’aybullayeva ishtirok etdi.Tanlov to’rt bosqichda olib borildi. Ishtirokchilar “Mening konsepsiyam”, “Savol javob”, “Iste’dodim-iqbolim”, “Eng yaxshi dars ishlanma, metodik tavsiya” shartlari asosida bellashishdi.Tinimsiz munozaralar, tortishuvlardan song habiba G’aybullayeva 96 ball bilan 1-o’ringa loyiq deb topildi. Bu fidoyi o’qituvchining kelgusi pedagogic faoliyatida ulkan zafarlar yor bo’lishini tilab, unga ishonch bildirib qolamiz.

 

 

2-maktab o’quv-tarbiya ishlari

 bo’yicha direktor o’rinbosari

Asolat Iskandarova