Yangiliklar >> “Yosh ijodkorlar” tanlovi

Zarafshon shahar 2- umumta’lim maktabida mehnat fani o’qituvchisi Yusupova Gullola va tasviriy san’at fani o’qituvchisi Boymurodova Shahlo tomonidan 18- noyabr- O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I qabul qilingan kun va 8-dekabr-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlab 23- noyabr kuni 4- sinflar o’rtasida “Yosh ijodkorlar” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda o’quvchilar turli urug’lardan, plastilin rangli qog’ozlardan hamda kashtachilik ishlaridan foydalanib tanlov uchun amaliy ish namunalarini namoyish qildilar. Maftunkor ranglar jilosida Vatanimiz ramzlarini aks ettirib, ko’pchilikning e’tirofiga sazovor bo’lishdi.

  Hakamlar tomonidan mehnat fani va tasviriy san’at fanlari uchun alohida o’rinlar belgilandi.

Mehnat fanidan 1- o’rinni 4-“B” sinf o’quvchisi Barmatova Umida

                    2- o’rinni 4-“A” sinf o’quvchisi Saydullayeva Bahora

                    3- o’rinni 4-“A” sinf o’quvchisi Ahmadov Bobur egalladilar.

Tasviriy san’at fanidan 1- o’rinni 4-“V”sinf o’quvchisi Nazarov Shavkat

                     2- o’rinni 4-“A”sinf o’quvchisi Narzullayeva Diyora

                     3-o’rinni 4-“D” sinf o’quvchisi Avazova Muxlisa

  Faxrli o’rinlarni egallagan o’quvchilar maktabimiz tomonidan o’quv qurollari va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 Bu kabi tanlovlarning o’tkazilishi  o’quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, Davlatimiz ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashi shubhasiz.

2-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qurbonova Shahlo