Yangiliklar >> Yuraklarda yashaysiz, aziz bobojon!

Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabi 1-,,V” sinf o`quvchilari va ota-onalari bilan O`zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning 80-yilligi munosabati bilan ,,Yuraklarda yashaysiz, aziz bobojon!” nomli tadbir o`tkazildi.Tadbir oilalar o`rtasida bellashuv asosida tashkil etilgan  bo`lib, tanlov ishtirokchilari O`zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning  hayoti va faoliyati, ijtimoiy va siyosiy sohada amalga oshirgan olamshumul ahamiyatga molik ishlari va yaratgan asarlari haqida ma`lumotlar berishdi.

Bolajonlarimiz muhtaram Birinchi Prezidentimizning yorqin xotirasiga bag`ishlab o`zlari yod olgan she`rlarini mahorat bilan aytib,  tadbirga tashrif buyurgan mehmon va o`qituvchilarning e`tirofiga sazovor bo`lishdi.

    O`quvchilar oliyjanob fazilatlar sohibiga munosib farzand bo`lishlarini ifodalab tuzgan matnlarini o`qib berdilar. Tadbir davomida bobomizni xotirlab, qo`shiqlar, videofilmlar namoyish etildi.

    Tadbir so`nggida ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlandilar: Raimovlar oilasi ,,Eng bilimdon oila”, Olimboyevalar oilasi,,Eng zukko oila:, Tojiyevalar oilasi ,,Eng dono oila” Azimboyevalar oilasi ,,Eng izlanuvchan oila”.

    Shuningdek, ularga esdalik sovg`alari ham taqdim etildi.

    Bu kabi  tadbirlarning tashkil etilishi o`quvchilarning qalbiga ezgu hislar urug`ini sochish bilan birga, butun oila a`zolari bilan hamkorlikda, hamfikrlikda ish yuritishga yetaklovchi omil bo`lib xizmat qiladi, deb o`ylayman.
      

Boshlang`ich sinf

o`qituvchisi Sattorova Sabohat