Yangiliklar >> Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining inson kamolotidagi ahamiyati

      Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2017 yil 10 fevral kuni buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Bobur ma’naviy merosining inson kamolotidagi ahamiyati”  mavzusida  “Ma’naviyat soati”  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni MMIBDO‘ To‘raboeva Sh.E. ochib berdi. So‘zni ma’ruzachi Sh.Sattorovaga berdi. Ma’ruzachi o‘z nutqida quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi. Bobur mirzo dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir deb ta’kidladi. Zahiriddin Muhammad Bobur deganda ko‘z oldimizda o‘zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi buyuk nomoyondasi gavdalanadi. Zero, mashhur muarrix Mirzo Haydar ta’biri bilan aytganda: “Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas”. Darhaqiqat, Bobur ijodi mumtoz so‘z san’atimizda Navoiydan keyin alohida bosqichini tashkil etadi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur har jihatdan etuk, g‘oyat iste’dodli farzandi edi. U o‘ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zo‘r salohiyati bilan go‘zal qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilan emas, ilhomiy onlar bilan ham to‘la edi. U o‘z asarlarining mavzusini faqat hayotdan oldi. Shoir merosining hayratlanarli darajada hayotiyligi, ko‘ngliga yaqinligi, tuyg‘ularning tabiiy va samimiyligi shundan. Ulug‘ salahlarga ergashib yozgan bir qator she’rlarini hisobga olmaganda, u asosan ko‘rgan bilgan va qalbidan o‘ttkazgan, o‘zini to‘lqinlantirgan she’rlar kechinmalari haqida yozadi. Javoharlal Neru ham: “Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib san’atni, adabiyotni, go‘zallikni sevar edi”, - degan fikrlarga to‘xtaldi. Yig‘lish so‘ngida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Fozilova Bobur ruboiylaridan namunalar aytdi.

    

 

        MMIBDO‘                      To‘raboeva Sh.E.