Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovi yuzasidan ma’lumot

 25-fevral kuni maktabimizning bilimli faol kitobxon o‘quvchilari bilan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga o‘qituvchi va o‘quvchilar qatnashdi. Ko‘rik tanlovni maktab MMIBDO‘ SHaxnoza Turaboeva kirish so‘zi bilan ochib, quydagi fikrlarni keltirdi.

 Barkamol avlodni voyaga etkazmoq, qalbni tarbiyalamoq uchun ularni kitob bilan oshno qilishimiz, kitobni mayoq kabi qo‘llariga tutqazmog‘imiz kerak. Qalb tarbiyasini esa biz, kattalar, o‘zimizdan, shu bugundan boshlashimiz shart. Uyga, farzandlarimiz oldiga kitob bilan kirib borishimiz esa ularni kitob olamiga qaytarishi shak-shubhasizdir. Kitob – odamni hayotga nima uchun kelgani, nima uchun yashayotgani, kimga o‘xshasa, yaxshi-yu, kimga o‘xshasa, noma’qul ekanligini anglashga yordam beradigan mo‘‘jiza. Kitob o‘qigan odam dunyoqarashi keng, shu bilan birga, sabr-matonatli, toqatli inson bo‘ladi. Bundan tashqari, kitobdan olingan bilim fundamental ilm hisoblanadi. Bugun o‘quvchilarimiz, yoshlarimiz badiiy adabiyotga qiziqayotgan bo‘lsalar, uni sevayotgan bo‘lsalar, undan faqat quvonish kerak ekanligini ta’kidladi.

 Kelajakda farzandlarimiz bilimli, aqlli, kuchli va dono bo‘lishi uchun ularning bilim doirasini kengaytirishga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 31 yanvardagi “Xalq ta’limi tizimida” “Kitobxonlik bayrami” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi 35-sonli buyrug‘iga asosan maktabimizda “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga 7-8-9-sinflardan faol kitobxon o‘quvchilar ishtirok etdilar va tanlovda 9-"b" sinf o‘quvchisi Abduraximova Nurjaxon ko‘rik tanlov shartlarini a’lo darajada bajarib I o‘rinni egallab shahar bosqichiga yullanma oldi. Tanlovga qatnashgan o‘quvchilar maqtov yorliqlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bunday tanlovlar o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va o‘qigan kitoblarini chuqur taxlil qila olish qobiliyatini shakllantirishda bunday tadbirlarning o‘rni beqiyosdir.

                                                                                                                          Kutubxona mudirasi: Karbaeva A.