Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf uslub birlashmasida o`tkazilgan “Iste`dodli yoshlar – yurt tayanchi” nomli shahar seminari to`g`risida Ma`lumotnoma

     Iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni Vatanga munosib farzandlar etib tarbiyalash maqsadida 2018-yil 1-mart kuni Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Ist`edodli yoshlar – yurt tayanchi”mavzusida shahar seminari bo`lib o`tdi.

Seminarning kun tartibi:

8.00-8.30 Seminar ishtirokchilarini kutib olish va ro`yxatdan o`tkazish

8.30-9.00 1-4-sinflar bayram chiqishlari

9.00-9.30 ko`rgazmalar tanlovi

9.30-10.15 ochiq darslar

10.20-11.00 “Iste`dodli yoshlar – yurt tayanchi” mavzusida tadbir

11.00-12.00 Seminar yakuni. Taklif va mulohazalar

Mehmonlar maktabning kirish qismida musiqiy chiqish bilan kutib olindi. Shundan so`ng 1-4-sinf o`qituvchilarining bayram chiqishlari namoyish etildi. Mehmonlar boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Boshlang`ich ta`lim xazinasidan” nomli ko`rgazmalari bilan tanishdilar. Seminarda quyidagi fanlardan ochiq darslar tashkil etildi:

Sinf

 Fan

Mavzu

Vaqti

O`qituvchi

1

4-D

 Ona tili

Son so`z turkumi yuzasidan takrorlash

9.30-10.15

1-qavat

1-xona

Mamirova D.D

Ish faoliyati

15 yil

2

4-A

      Texnologiya

8-martga atab tabriknoma yasash

9.30-10.15

1-qavat

3-xona

Yusupova G.V

Ish faoliyati

13 yil

3

2-Y

Matematika

10 soni ishtiroki da ko`paytirish va bo`lish

9.30-10.15

1-qavat

4-xona

 ErgashevaS.
 Ish faoliyati

15 yil

4

1-G

Matematika

15+ko`rinishidagi misollarni yechish

9.30-10.15

1-qavat

5-xona

Nazarova X

Ish faoliyati

13 yil

5

2-A

Tas. san`at




“Lola va o`rik guli” mavzusida rasm ishlash

9.30-10.15

1-qavat

6-xona

Boymurodova Sh.

Ish faoliyati

13 yil

6

4-G

O`qish

Bo`lim yuzasidan takrorlash

9.30-10.15

2-qavat

10-xona

Muxammedova N.

Ish faoliyati

13 yil

7

3-G

O`qish

Bahor yaqin

9.30-10.15

2-qavat 14-xona

Muqimova O.R

Ish faoliyati  20 yil


Faollar zalida “Istedodli yoshlar – yurt tayanchi” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbir noan`anaviy tarzda o`quvchi va o`qituvchilardan 2 guruh tanlab olindi. Har bir guruhda 7 ta o`quvchi va 7 o`qituvchi ishtirok etdi. Tadbirda iste`dodli o`quvchilar va o`qituvchilar 4 ta shart asosida bellashdilar.

1-shart: tezkor savol-javob

2-shart: kitob-hayotni o`rgatuvchi murabbiydir

3-shart: mahoratli aktyorlar

4-shart: rassomlik mahoratingni namoyon qil

O`quvchilar va o`qituvchilar barcha shartlarda o`z iste`dodlarini namoyish etdilar. Tadbir mehmonlarga ko`tarinki ruh bag`ishladi.

             Seminar yakunida maktabning O`TIBDO` A.S. Iskandarova so`zga chiqib, barcha yo`nalishlar bo`yicha tadbirda faol ishtirok etgan o`quvchi va o`qituvchilarni faxriy yorliq va har biri 4000 so`mlik 14 ta hamda har biri 6000 so`mlik 16 ta kitoblar bilan taqdirladi. Mehmonlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Seminar shahar XTB ning boshlang`ich sinflar uslubchisi G.K.Nizomova so`zi bilan yakunlandi.

                                                                                     O`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Iskandarova A.S.