Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi Boshlang’ich Taskilotda 23-yanvar kuni 7-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yini haqida MA’LUMOT

    23-yanvar kuni 7-sinflar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini, Kamolot yetakchisi boshchiligida Kamolot xonasida bo’lib o’tdi. O’yinda uchta jamoa 7-“B”, 7-“V” va 7-“G” sinf o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar har bir guruhda 4 tadan ishtirokchi qatnashgan holda o’tkazildi. Shuningdek, ushbu o’yinda 7-sinflardan tuzilgan “Tomoshabinlar” jamoasi ham ishtirok etdilar. O’yin bahsu-munozaralga boy bo’ldi. Malakali o’qituvchilardan, tarix fani o’qituvchisi Jo’raqulova Noila va ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari To’raboyeva Shaxnozalar o’yinda hakamlik qilib, har bir savolni oqilona baholab bordilar.  7-“B” sinf o’quvchilari Xoliqov Azizjon, Po’latov Nurbek, Hakimova Nasiba, Bozorova Mohinur, 7-“G” sinf o’quvchilari Mirzayeva Marjona, Ergashev Husan, Eshmamatova Hamida va Rustamov Jasur, 7-“V” sinf o’quvchilaridan esa Sayfiddinov Jahongir, Umarova Munisa, Mardonov Dadaxon, Boboqulov Anvar kabilar o’z jamoalari shanini himoya qildilar.

                                                   
O’yin natijasiga ko’ra III o’rinni zal, ya’ni “Tomoshabinlar” jamoasi qo’lga kiritdi. II o’rin 7-“V” sinf o’quvchilaridan tuzilgan jamoaga nasib etdi. I o’ringa esa baravariga ikkita sinf 7-“B” va 7-“G” sinf o’quvchilari musharraf bo’ldilar. Shuningdek, bu ikki jamoa maktabda bo’lib o’tadigan final bosqichiga yo’llanma oldilar. G’oliblar Kamolot YIH ning diplomlari bilan taqdirlandilar.

BT yetakchisi :    Narzullayeva .S.