Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligida bajarilgan ishlar isoboti

    Umumta’lim maktablarida sentyabr –“Geografiya va iqtisod fanlari” oyligi deb belgilangan .Oylikni mazmunli va samarali o’tkazish uchun pedagoglardan katta mehnat va mas’uliyat talab etiladi.

 O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2009-yil 11-sentabrdagi 252-sonli buyrug’i va Zarafshon shahar XTB ning 2018-yil 26-avgustdagi 246-sonli buyrug’i hamda 2-umumiy o’rta maktabining 2018-yil buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligi” ni samarali va mazmunli o’tkazish uchun chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Rejada “Dars muqaddas” tavsiyalari asosida ochiq darslar o’tilishi, “Aqlingni charxla“ mavzusida boshqotirmalar tanlovi, ”O’zbekiston vatanim manim” mavzusida rasmlar tanlovi, “Bilimdon intellektual o’yini”,“Geografiya-tabiiy fanlar sultoni”, ”Biz O’zbekistonni o’rganamiz” mavzusida tadbirlar tashkil etish ko’zda tutildi. Fan oyligini  o’tkazishdan maqsad:

 -Har bir fan o’qituvchisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishini ta’minlash orqali o’quvchilarning geografiya va iqtisod fanlariga oid bilim , ko’nikma va malakalarini oshirish;

-Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;

-Geografiya va iqtisod fanlarining o’ziga xos xususiyatlarini kehg targ’ib etish;

5-sentyabr kuni maktabda “Geografiya va iqtisod fanlari oyligi”ni o’tkazish yuzasidan chora tadbirlari ishlab chiqildi hamda o’qituvchilar o’rtasida o’rganib chiqilib, o’quvchilarga e’lon qilindi.

6-sentyabr kuni “Maktab hayoti” devori o’quvchilar va o’qituvchilarning ishlari , boshqotirmalar , mashhur geograf olimlarning rasmlari,devoriy gazetalar,tabiat manzaralari aks etgan rasmlar bilan bezatildi.

7-8-sentyabr kunlari 5-7 sinflar o’rtasida”O’zbekiston vatanim manim” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi.Tanlovda 7-“V”sinf o’quvchisi Husenova Ruxshona,5-“D”sinf o’quvchisi Husenova Rayhona 1-o’rinni.7-“Ye”sinf o’quvchisiToshniyozova Fotima,7-“Ye”sinf o’quvchisi Tog’aymurodov Sevdiyor 2-o’rinni,6-“J”sinf o’quvchisi To’ychiyeva Zilola,6-“G”sinf o’quvchisiRaxmatov Doston 3-o’rinni egalladi

7-8-sentyabr kunlari 8-9-10- sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Aqlingni charxla” mavzusida boshqotirmalar tanlovi bo’lib o’tdi.Tanlovda 8-sinfiar o’rtasida 8-“ G”sinf o’quvchisi Murodullayeva Mohinur 1- o’rinni, 8-“ G” sinf o’quvchisi Toshpo’latova Sevara 2- o’rinni ,8-“V” sinf o’quvchisi Narziyeva Muxlisa 3-o’rinni egalladilar.9-sinflar o’rtasida 9 -“B” sinf o’quvchisi Bozorova Mohinur 1-o’rinni,9 -“V” sinf o’quvchisi Sharipova Umriniso 2-o’rinni, 9-“A” sinf o’quvchisi Bo’riyeva Shoira 3-o’rinni egalladi. 10-sinflar o’rtasida 10 -“A” sinf o’quvchisi Rashidova Gulasal 1-o’rinni,9 -“V” sinf o’quvchisi Tolibova Nazokat 2-o’rinni, 9-“A” sinf o’quvchisi Norqulova Marjona 3-o’rinni egalladi.Tanlovlarda faxrli o’rinlarni egallagan o’quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

10-13-sentyabr kuni 8-sinf o’quvchilari o’rtasida “Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy yuksalishi” mavzusida bukletlar tanlovi o’tkazildi.Tanlovda 8-“V”sinf o’quvchilari 1-o’rinni,8-“B”sinf o’quvchilari 2-o’rinni egalladi.

11-sentyabrda geografiya fani o’qituvchisi G.Eshquvatovaning 6-“A”sinfida “Geografik xaritalar va ularning turlari.Atlaslar,globuslar”ochiq darsi bo’lib o’tdi.O’quvchilar 3 guruhga ajratildi.O’tilgan mavzu “Aqliy hujum”usuli savollariga javob berish orqali mustahkamlandi.Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan tushuntirildi.Yangi mavzuga oida testlar yechildi

14-sentyabr kuni 8-sinflar o’rtasida o’tkazilgan iqtisod fanidan eng yaxshi boshqotirmalar tanlovida 8-“B” sinf o’quvchisi Karimova Sabinaxonim 1-o’rinni,8-“V”sinf o’quvchisi Bahronova Dilfuza 2-o’rinni,8-“A”sinf o’quvchisi Abdimalikova Dilnavoz 3-o’rinni egalladi.

17-sentyabr kuni7”A,B,Ye”sinf o’quvchilari o’rtasida “Aziz va yagonamsan jonajon O’zbekistonim” mavzusida tadbir o’tkazildi.O’quvchilar geografiya faniga oid she’rlar aytdilar.7-sinf geografiya darsligi kirib keldi.Tadbir Vatan haqida aytilgan qo’shiq ijrosi bilan yakunlandi.

18-sentyabrda geografiya fani o’qituvchisi O.Pirmatova tominidan 9-sinf o’quvchilari ishtirokida “Bilimdon intellectual o’yini”o’tkazildi. 1-shartda guruh o’quvchilariga “Eng” so’zi bilan boshlanuvchi tezkor savollar berildi. 2-shart “Pantamimo” da bittadan o’quvchi chiqib yer yuzasida hosil bo’ladigan hodisalarni va geografik ob’ektlarni qo’l harakati bilan ko’rsatdi va qolgan guruh a’zolari nima ekanligini topdi.3-shartda “Mantiqiy savollar”ga bir daqiqa ichida javob berdilar. Tadbir o’quvchilarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Ushbu bellashuvda 9-“G” sinf o’quvchlari jamoasi g’olib chiqdilar.

18-sentyabrda iqtisod fani o’qituvchisi Sh.Mamirovaning 9-“G” sinfida “Aksiyadorlik jamiyati“ mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.Darsda o’quvchilar 3 guruhga ajratildi.O’tilgan mavzu “Kungaboqar” o’yini savollariga javob berish orqali mustahkamlandi. Yangi mavzuni tushuntirishda tezkor savollar berish orqali o’quvchilarning darsga qiziqishini orttirdi.Mavzuni mustahkamlash uchun “Zinama-zina” o’yinidan foydalanib darsni samarali tashkil etdi.

20-sentabrda geografiya fani o’qituvchisi O.Pirmatovaning 8-“V” sinfida “Aholi va inson omili” mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi. Darsda o’quvchilar guruhlarga ajratildi.Oldingi darslarda o’rganilgan bilimlarni va xotirani sinash maqsadida”Diqqatni tortish” usulidan foydalandi.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga mavzuga oid savollar berildi.O’quvchilar tomonidan dars davomida “B-B-B” jadvali to’ldirib borildi.Amaliy topshiriq va yozuvsiz xarita bilan ishlandi. Dars so’ngida guruhlarning rag’batlari hisoblanib,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi..

21-sentabrda 5-“B,V,G” va 6-“V,D,J”sinf o’quvchilari ishtirokida “Biz O’zbekistonni o’rganamiz” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar geografiya faniga oid she’rlar aytdilar. 5-sinf o’quvchilari jozibador raqslarni namoyish etishdi. Guruh o’quvchilari 4 ta shart asosida bellashdilar. O’yin natijasiga ko’ra 6-“V” va 6-“D” sinf o’quvchilari bir xil ball to’pladi.Tadbir so’ngida o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Omonova tadbir bo’yicha fikrlarini aytib o’tdi va ishtirokchi o’quvchilarga minnatdorchilik bildirdi.

 26-sentyabr kuni G.Muxtorova 7-“B” sinfida “Geografik xaritalar.Globus.Atlas” mavzusida ochiq dars o’tdi. O’quvchilar guruhlarga ajratildi. U darsini ingliz tiliga bog’ladi. Mavzuga oid video va slaydlar qo’yib berildi.Yangi mavzu “Aqliy hujum” va “Raqamli diktant”topshiriqlari orqali mustahkamlandi.

26-sentyabr kuni 9-11sinflar o’rtasida “Biznes rejalar tanlovi” o’tkazildi.Tanlovda 9-sinf o’quvchilari Shodiyeva M., Razakova M. hamda Karimova U.lar g’olib deb topildi.Tanlov g’oliblari maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar

27-sentyabrda 6-“D”sinfida D.Boboqulovaning “Materik va okeanlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi” mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.Darsda slaydalardan o’rinli foydalanildi. Darsda o’quvchilar guruhlarga ajratildi Tezkor savollar, tarqatma materiallar bilan darsni qiziqarli o’tkazdi. “Kim topqir-u,kimchaqon”,”Applikatsiya”usuli va ”Bingo”o’yini o’tkazilib o’quvchilarning darsga qiziqishi orttirildi. Dars so’ngida guruhlarning rag’batlari hisoblanib,faol qatnashgan o’quvchilar baholandi.

28-sentyabr kuni 6-“A,B,G”sinflar o’rtasida “Geografiya-tabiiy fanlar sultonidir” mavzusida “6x6 zukkolar bellashuvi” o’tkazildi.Bellashuvda 6-sinf o’quvchilaridan iborat “Yosh geograflar”,“Yosh tabiatshunoslar”, “Yosh geologlar” jamoasi bellashdilarTadbir boshlanishida boshlovchilar tomonidan geografiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar va she’rlar aytildi.Jamoalar 7ta shart asosida bellashdilar.”Yosh geologlar” guruhi 7 ball to’plab bellashuvda g’olib bo’ldi.Tadbir maktab o’quvchilarida katta taassurot qoldirib, ular qalbida geografiya fanini chuqurroq o’rganishga ishtiyoq uyg’otganiga aminmiz.

29-sentyabr fan oyligi yakuni ,fan uslub birlashmasida muhokama qilindi va hujjatlari umumlashtirildi. Fan oyligida faol qatnashgan o’quvchilar yig’ilishda taqdirlandi.D.Boboqulovaning “Materik va okeanlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi”va Sh.Mamirovaning “Aksiyadorlik jamiyati” mavzusida o’tgan ochiq dars ishlanmasi uslubbirlashma yig’ilishida muhokama etilib, tanlovning shahar bosqichida qatnashishiga tavsiya etildi.

 Fan o’qituvchisi : D.Boboqulova