Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan ,,Mahorat darslari ‘’ tashkil etilganligi to`g`risida

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2019-yil 22-yanvardan 1-fevralgacha ,,Ajdodlarga munosib izdosh bo`laylik!’’ dekadasining Alisher Navoiy kunida fan o`qituvchilari tomonidan ,, Mahorat darslari ‘’ tashkil etildi.

 Hozirgi davrda yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirganlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir , mustaqil va erkin fikrlovchi shaxslar kerak.Shuning uchun ham darslarda zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol usullar,innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyos.Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo`llanishiga oid bilim va tajriba o`quvchilarning bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.

 Ona tili adabiyot fani o`qituvchisi M.Bobomurodova 6-,,D’’sinfida adabiyot fanidan ,,Alisher Navoiyning hayoti va ijodi’’ mavzusida ochiq dars o`tdi. Darsda savol-javob, bahs-munozara, guruhlarda ishlash, boshqotirma ,,Aqliy hujum’’ kabi interfaol usullarni samarali qo`lladi. Darsda shoirning hayot yo`li va ijodi bo`yicha slayd,o`quv filmlaridan samarali foydalandi.Darsda o`quvchilar faol qatnashdilar.

 Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi A.Sayfiyeva 6-“B” sinfda adabiyot fanidan “A.Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida ochiq dars o`tdi. Darsda shoirning hayot yo`li va ijodi bo`yicha slayd “To`g`ri joylashtir”, “Ha-yo`q”, savol-javob kabi usullardan foydalandi.

Darsda o`quvchilar Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari,ruboiylaridan aytib, ularning ma’nosini izohlab berdilar.

 Dars mashg`ulotlarini ta’limning interfaol usullari asosida tashkil etish o`quvchilarni faollashtiradi, nutqini rivojlantiradi, fikrni aniq, izchil bayon etishga, o`zgalar oldida o`z nuqtai nazarini himoya qilishga o`rgatadi hamda dars samaradorligini yanada oshiradi.

Uslubbirlashma rahbari: Muhiddinova D.N.