Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan “Men sevgan asar ” mavzusida o`tkazilgan insholar tanlovi to`g`risida

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishiga ko`ra, bolalarni kitob mutolaasiga qiziqtirish zarur. Bunda darslarni interfaol tarzda tashkil etish muhim hisoblanadi. Jumladan, kitob o`qish yoki she’r yodlashni musobaqa tarzida tashkil etish yaxshi samara beradi. “Kim ko`p badiiy asar o`qigan?”, “Kim ko`p she’rni ifodali yoddan aytadi?”, “Kim ko`p dostondan parcha yod olgan?” mavzularida sinfda qatorlararo, maktabda sinflararo musobaqa tashkil etilsa, o`quvchilar, albatta, o`z iqtidorini namoyish etishga harakat qiladi. Kitob o`qigan o`quvchilar rag`batlantirib borilsa, yanada ruhlanadi.

 6-7-8-9-10-11-sinf o`quvchilari o`rtasida ,,Men sevgan asar’’ mavzusida o`quvchilarning sinfdan tashqari o`qigan asarlari bo`yicha insholar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda ijodiy fikrlab, keng batafsil yozgan o`quvchilarning inshosiga yuqori baho berilib, g`olib deb topildi. Jumladan,

6-sinflarda 1-o`rin: 6-,,G’’sinf o`quvchisi Nabiyeva Sevinch

7-sinflarda 1-o`rin: 7-,,D’’sinf o`quvchisi Bomurodova Hilola

8-sinflarda 1-o`rin: 8-,,A’’sinf o`quvchisi Abdiraximov Asilbek

9-sinflarda 1-o`rin: 9-,,V’’sinf o`quvchisi Ikromova Dilyora

10-sinflarda 1-o`rin:10-,,G’’sinf o`quvchisi Nasulloyeva Gulzoda

11-sinflarda 1-o`rin: 11-,,V’’sinf o`quvchisi Jo`raqulova Zarina egalladi.

Uslubbirlashma rahbari: Muhiddinova D.N.