Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2- umumta`lim maktabida ona tili va adabiyot fanlari oyligida o`tkazilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida ma’lumotnoma

   O`zbekiston Respublikasining 1989-yilda qabul qilingan ,,Davlat tili haqida”gi Qonunning 29 yilligini nishonlash hamda fan oyligini o`tkazish bo`yicha Zarafshon shahar XTBining buyrug`i hamda maktab buyrugi` fan o`qituvchilari tomonidan o`rganib chiqildi.

 Fan oyligi o`zining ko`lami, rang –barangligi va qiziqarliligi bilan ajralib turishi uchun fan oyligini o`tkazish bo`yicha chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Fan oyligida o`quvchilar o`rtasida turli xil tanlovlar diktantlar ,bayonlar va insholar, referat va ijodiy ishlar kabi tanlovlar, sinfdan tashqari tadbirlar, ochiq darslar tashkil etish rejalashtirildi.

 Fan oyligining 1-haftasi ,,O`zbek tili –davlat tili’’ mavzusida tashkil etildi.Fan oyligi haqida maktab chizig`ida xabar berildi O`quvchilarga fan oyligi davomida olib boriladigan chora-tadbirlar to`g`risida aytib o`tildi. Fan oyligiga bag`ishlab,,Maktab hayoti’’devori o`zbek adabiyoti namoyondalarining rasmlari ,ularning til haqidagi fikrlari, hikmatli so`zlar va maqollar bilan bezatildi.

 Ona tili va adabiyot fanidan o`quvchilarning bilim samaradorligini aniqlash maqsadida o`quv dasturlarida belgilangan mavzular asosida kirish testlari o`tkazildi.Test natijalari tahlil qilinib, murakkab mavzular aniqlandi. Fan o`qituvchilariga o`qitishning ilg`or texnologiyalarini darslarga olib kirish orqali o`quvchilar bilim samaradorligini oshirish to`g`risida aytildi.

 Fan oyligining 2-haftasida ,,Ona tilimiz bilan faxrlanamiz’’mavzusida o`quvchilar o`rtasida diktantlar, bayonlar va insholar, referatlar va ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi.

 Fan oyligining 3-haftasida fan o`qituvchilari tomonidan ,,Dars –muqaddas’’ tavsiyalari, ,,Ustoz-shogird an’analari hamda AKT va IPT usullari asosida ochiq darslar tashkil etildi.Fan o`qituvchilari AKT asosida slaydlar, interfaol usullar, multimedia vositalari va elektron darsliklar, audio va video lavhalardan foydalanib ochiq darslar o`tishdi.

 19-oktabrda ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi N.Foxirova 11-,,B’’sinfida adabiyot fanidan ,, Qutadg`u bilig “ dostonining o`ziga xos xususiyatlari’’ mavzusida shaharda fan oyligi doirasida tashkil etilgan ,,Mahorat darslari’’da ochiq dars o`tdi. Darsni kuzatish va tahlil qilish maqsadida Zarafshoh shahar XTBining uslubchisi Sh.Shodiyeva va shahar maktablarining ona tili va adabiyot fani o`qutuvchilari qatnashdi.O`qituvchi darsda mavzuga doir ko`rgazma, audiomatn va “Ustozim va sinfdoshimni hayratda qoldiraman”, “Rasmli boshqotirma”, ”Zanjir”,“Fikriy hujum”, “Rolli o`yin “,“Slaydlar taqdimoti”, “Klaster “,“BBB”, “ PISA test ” kabi interfaol usullardan samarali foydalandi.O`qituvchi N.Foxirovaning ilg`or ish tajribasi shahar miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.

,,Davlat tili haqida’’gi Qonun qabul qilinganligiga 29 yilligi munosabati bilan maktabda 10-11-sinf o`quvchilari o`rtasida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi L.Ro`zimurodova , R.Qiyomova , N.Foxirova ,, O`zbek tili –davlat tili ‘’ mavzusida tadbir o`tkazdi. Tadbirda o`quvchilar tomonidan ona tilimizni ulug`lovchi she’rlar aytilib, xalqona kuy va qo`shiqlar ijro etildi. O`zbek tili tarixiga oid sahna ko`rinishini namoyish etildi. O`zbek tilining boy va qadimiy til ekanligi ta’kidlandi. Fan oyligida rejalashtirilgan chora-tadbirlar qiziqarli va samarali yo`lga qo`yilmoqda.

Uslubbirlashma rahbari: Muhiddinova D.N.