Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida ulug` shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan ,, G`azalxonlik kechasi’’ va Mirzo Boburning 536 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar to`g`risida ma’lumotnoma

 Ulug` shoir va mutafakkir A.Navoiyning boy adabiy merosini o`rganish va targ`ib etishni keng yo`lga qo`yish, o`quvchi yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun- mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish, ulug` shoir tavallud topgan 578 yilligini yuksak saviyada nishonlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Alisher Navoiyning 578 yilligi munosabati bilan o`quvchilar o`rtasida turli xil tanlovlar o`tkazilmoqda.

 A.Navoiyning ijodiga bag`ishlab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi D.Musanova,M.Bobomurodova tomonidan 9-sinflar o`rtasida ,,Fazalxonlik kechasi’’ tashkil etildi. O`quvchilar A.Navoiyning o`zbek adabiyotida tutgan o`rni, uning hikmatli so`zlari va ruboiylari, g`azallaridan yod aytdilar.,,Xamsa’’asari Navoiy merosining buyuk sayqali ekanligi ta’kidlandi.

 Buyuk shoir Z.M.Boburning boy adabiy merosini o`rganish va targ`ib etishni keng yo`lga qo`yish, o`quvchi yoshlar qalbi va ongiga Bobur asarlarining mazmun- mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish, ulug` shoir tavalludining 536 yilligini yuksak saviyada nishonlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

 10-sinflar o`rtasida “Boburxonlik kechasi” mavzusida ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari G.Hamrayeva,L.Ro`zimurodova tomonidan tadbir o`tkazildi.Tadbirda Bobur haqida buyuk shaxslarning fikrlari keltirilib,uning ijodidan namunalar aytildi.,,Boburnoma’’asari haqida aytib o`tildi.,,Yulduzli tunlar’’ asari asosida sahna ko`rinishi namoyish etildi..Tadbirda kuy va qo`shiqlar ijro etildi.Tadbir mazmunli va samarali tashkil etildi.

 Uslubbirlashma rahbari: Muhiddinova D.N.