Yangiliklar >> Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabining “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumidagi fanlar oyligini o`tkazganiligi bo`yicha hisoboti

Mamlakatimiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi mavjud. Xususan, jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasini umumlashtirgan va ayni paytda hech birini takrorlamagan o`zbek modeli yoshlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, qat`iy fuqarolik pozitsiyasiga ega, mustaqil fikrli avlodni shakllantirishga qaratilgan. Shu jumladan, maktabimizda dekabr oyida o`tkazilgan “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar oyligining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

-     Axborot asri deya atalayotgan XXI asrda globallashuvning tub mazmun mohiyati, ta`siri va maqsadi haqida to`g`ri tushuncha berish;

-         Yoshlarning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga munosabat bildira olishi, ya`ni ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash;

-          Milliy mentalititimizdan kelib chiqqan holda yoshlar ma`naviyatini shakllantirish;

-          Yoshlarning qiziqishiga mos kasb-hunar egallashiga ko`maklashish;

-     Mustaqil yurtimizning tarixiy ildizlari va buguni, istiqbolini uyg`unlashtirgan holda o`quvchilarning xohish-istaklarini, maqsadlarini qo`llab- quvvatlashni jamoa o`rtasida tashkil qilish;

-           Mas`uliyat va javobgarlik hissini kuchaytirish;

-           Yoshlarni milliy istiqlol g`oyalari va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash.

 

          8-dekabr O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag`ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida 5-9-sinf o’quvchilari o`rtasida “O`zbekiston – Vatanim manim” deb nomlangan gazetalar tanlovi, “Mustaqillik mening taassavurimda”, “Ma`naviyat – eng oliy ne`mat” mavzularida rasmlar tanlovi, “Buyuk va muqaddassan mustaqil O`zbekiston” mavzusida bukletlar tanlovi,  “Milliy g`oya va Vatanga bo`lgan muhabbat tuyg`usi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o`tkazildi.  6-dekabrda o`qituvchilar jamoasi va 9-sinf o`quvchilari o`rtasida O`zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag`ishlab zakovat intellektual o`yini o`tkazildi.

      Fan oyligi davomida fan o`qituvchilari “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida AKTdan, interfaol usullardan, elektron darsliklardan, videofilmlardan foydalanib, namunali ochiq darslar tashkil etishdi.   O`qituvchi M. Isayevaning “Vatanni qadrlash – ma`naviyat mezoni” mavzusida 6-sinflar o`rtasida o`tkazgan tadbiri barchada  katta taassurot qoldirdi.

   O`qituvchi Pirmatova Oyshirin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2014-yil 15-16-may Samarqand shahrida o`tkazilgan Xalqaro konferensiyadagi ma`ruzasini o`rganish bo`yicha ma`ruza qildi. Ma`ruzada konferinsiyada  bayon qilingan fikrlar  aytib o`tildi.  

    Fan oyligida tashkil etilgan ochiq darslar tahlil qilinganda o`qituvchi M.Isayevaning 6-“G”-sinfida “Vatanparvarlik” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi namunali deb topildi.  

 Fan oyligida faol qatnashgan ijodkor o`quvchilar maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlandi.

 Milliy  g`oya turkumiga kiruvchi fanlar insonning oila va jamiyatda muhim o`ringa egaligi; oila jamiyatning bir bo`g`ini ekanligi; milliy qadriyatlarga sodiqlik va an`analarni hurmat qilish oliyjanob xislatligi; inson kamolotida oila, mahalla, jamoyatning o`rni; Bosh Qomusimizning tub mazmun mohiyatini o`rganishga yordam beradi.