Yangiliklar >> Maktabimiz faxri

23-25 noyabr kunlari Toshkent shahri "Davlat soliq boshqarmasi" sport majmuasiga o'smirlar o'rtasida (1996-1999yil) Taekvando bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi. Navoiy viloyati terma jamoasi a'zolari orasida 5 nafar Zarafshonlik sportchilar ishtirok etib, ularga taekvando WTF yo'nalishi bo'yicha murabbiy, sport ustasi Salim Abdullayev boshchilik qildi. Musobaqaning birinchi kunida4 nafar sportchilarimiz ishtirok etishdi. 52 kg vaznda bo'lgan sportchilar  Tibbiyot kolleji talabasi Binafsha O'roqova o'z mahoratini namoyon etib finalga yo'l oldi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Keyin malakali jangchilar o'z maxoratlarini namoyon etishib 46 kg vazngacha bo'lgan sportchilar  10-maktab o'quvchilari Alisa Tulegenova yarim finalga yo'l olib 3-o'rinni egalladi. 68kg vazngacha bo'lgan sportchilar o'rtasida 13-maktab o'quvchisi Dilfuza Xolbutayeva finalga yo'l olib kumush medalni qo'lga kiritdi.

    Musobaqaning ikkinchi kunida 55 kg vazngacha bo'lgan sportchimiz  ,O`zbekistonning olti karra chempioni 2-maktab o'quvchisi Qasimova Zariya 2012 - yil Janubiy Koreyada o'tkazilgan o'quv mashg'ulotlari qatnashchisi, mart oyida Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilgan musobaqa ishtirokchisi ,shuningdek Misrda o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida  mamlakatimiz sha`nini himoya qilgan Zariya yana bir bora o'z mahoratini namoyon qilib, muddatdan oldin g'oliblikni qo`lga kiritdi.

     Bizning sportchilarimiz o'z maxoratlarini ustalik bilan namoyon etib 1 ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallarini qo'lga kiritib qaytishdi. Ular 2013 yild a Indoneziyaning poytaxti Djakarta shahrida o`tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritdi.Ushbu musoboqada sportchilarimizga O`zbekiston bayrog`ini yanada yuqori choqqilarga ko`tarishini tilab qolamiz.

 

                  Informatika  fani o`qituvchisi:  Umarova Ulparshin